Ingliz tilini
0 dan o'rganing

O'zbek tilida tushuntiriladigan qisqa darslar. Har darsda tinglaysiz, o'qiysiz, inglizcha yozasiz va gapirasiz. Alifbodan boshlab, qadamma-qadam.

Darslarni ko'rish

1-darsni ro'yxatdan o'tmasdan boshlang. Bir dars 15 daqiqagacha davom etadi.

Bir dars qanday o'tadi

Yangi so'zni besh xil yo'l bilan ishlatasiz: eshitasiz, tushunasiz, yozasiz, aytasiz va keyin yana qaytarasiz. Shuning uchun u esda qoladi.

  1. Tinglang

    Har bir so'z va gapni sekin, aniq ovozda eshitasiz. Suhbatlarni ikki kishi o'qiydi: Aziz va Malika.

  2. Tushuning

    Qoidalar o'zbek tilida, oddiy misollar bilan tushuntiriladi. Yodlash emas, tushunish.

  3. Yozing

    Javobni tanlab qo'yish bilan cheklanmaysiz: gapni inglizcha yozasiz, ilova har bir so'zini tekshiradi.

  4. Gapiring

    So'z va gaplarni mikrofonga aytasiz. Ilova gapingizni tanib, to'g'ri aytdingizmi, tekshiradi.

  5. Takrorlang

    Unuta boshlagan so'zlaringiz «Takrorlash» bo'limida o'z vaqtida qaytib keladi.

Yordamchi tulki

Yoningizda yordamchi tulki bor. Qiynalsangiz maslahat beradi, xato qilsangiz nimani o'zgartirish kerakligini aytadi, dars tugaganda siz bilan birga quvonadi.

Har bir dars — alohida dunyo

Domino stoli, eski kompyuter, Rishton choyxonasi… Har bir darsning o'z dizayni, ranglari va ovozlari bor. Ikki dars bir-biriga o'xshamaydi, shuning uchun zerikmaysiz.

25-dars ekrani: domino stoli
Domino stoli25-dars: One to Five
60-dars ekrani: neon sahna va mikrofon
Neon sahna60-dars: Speaking Practice
121-dars ekrani: bozor rastasi
Bozor rastasi121-dars: At the Bazaar
33-dars ekrani: eski kompyuter oynasi
Eski kompyuter33-dars: Computer and Desk
65-dars ekrani: stikerli fotokabina
Fotokabina stikerlari65-dars: Me, Him, Us
43-dars ekrani: Rishton sopol naqshlari
Rishton choyxonasi43-dars: I Like
26-dars ekrani: 8-bit o'yin avtomati
O'yin avtomati26-dars: Six to Ten
61-dars ekrani: bo'yoq namunalari
Bo'yoq do'koni61-dars: Colors
41-dars ekrani: suzana naqshlari
Suzana41-dars: How Many?
79-dars ekrani: charxpalak
Charxpalak79-dars: Days of the Week
103-dars ekrani: qog'oz folbin
Qog'oz folbin103-dars: My Dream Job
125-dars ekrani: havo sharlari
Havo sharlari125-dars: Trips and Tours

Noldan erkin ingliz tiligacha

Kurs 5 darajadan iborat, jami 410 ta dars. Har bir daraja oldingisi tugagach ochiladi.

  1. A0

    Boshlang'ich 60 ta dars

    Alifbo, salomlashish, o'zingizni tanishtirish, sonlar, oila, kundalik buyumlar. Inglizcha o'qishni o'rganasiz.

    ≈ 220 so'z
  2. A1

    Kundalik ingliz tili 110 ta dars

    Uy, maktab, ish, ovqat, xarid, sayohat, ob-havo. Kundalik vaziyatlarda oddiy suhbat qurasiz.

    ≈ 1 400 so'z
  3. A2

    Real muloqot 80 ta dars

    O'tgan va kelasi zamon. Rejalaringiz, sayohatlaringiz va tajribangiz haqida gapirasiz.

  4. B1

    Mustaqil ingliz tili 80 ta dars

    Ko'p vaziyatlarda bemalol gaplashasiz, voqeani aytib berasiz, fikringizni tushuntirasiz.

  5. B2

    Yuqori daraja 80 ta dars

    Maqola, video va suhbatlarning ko'p qismini tushunasiz, ishonch bilan gapirasiz va yozasiz.

    4 000 tagacha so'z

Narxlar

Avval bepul sinab ko'ring. Yoqsa, qolgan darslar uchun obuna bo'lasiz.

Bepul

0 so'm

Birinchi 12 ta dars

  • 1-bo'lim ro'yxatdan o'tmasdan
  • 2-bo'lim bepul hisob bilan
  • Kuniga 3 ta yangi dars
  • So'zlarni takrorlash
Tavsiya etiladi

Oylik

20 000 so'm

30 kun

  • Barcha darslar ochiq
  • Kunlik limit yo'q
  • Kuniga eng arzon narx
Oylik tarifni tanlash

Click orqali Uzcard yoki Humo kartasi bilan to'lanadi. Obuna shu zahoti ochiladi, pul avtomatik yechilmaydi.

Ko'p beriladigan savollar

Ingliz tilini umuman bilmayman. Menga mos keladimi?

Ha, kurs aynan siz uchun. U alifbo va «Hello» so'zidan boshlanadi, har bir yangi narsa o'zbek tilida tushuntiriladi.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Natijam brauzerda ochiladi, hech narsa yuklab olish shart emas. Darslar avvalo telefon uchun qilingan, kompyuterda ham ishlaydi.

O'qituvchi kerakmi?

Yo'q. Tushuntirishlar, mashqlar va javoblarni tekshirish ilovaning o'zida. Qiynalsangiz, yordamchi tulki maslahat beradi.

Bir kunda qancha vaqt kerak?

Bir dars 15 daqiqagacha davom etadi. Kuniga bir-ikki dars va qisqa takrorlash yetarli. Bepul tarifda kuniga 3 ta yangi dars ochiladi: shoshilmay o'rganilgan so'z yaxshiroq esda qoladi.

Gapirishni ham o'rganamanmi?

Ha. Darslarda so'z va gaplarni mikrofonga aytasiz, suhbatlarni tinglab, ularga inglizcha javob yozasiz.

O'rgangan so'zlarimni unutib qo'ysam-chi?

«Takrorlash» bo'limi har bir so'zingizni kuzatib boradi va u unutila boshlaganda qaytaradi. Takrorlash kunlik limitga kirmaydi.

To'lov qanday qilinadi?

1- va 2-bo'lim bepul. Keyingi darslar uchun haftalik (5 000 so'm) yoki oylik (20 000 so'm) obuna Click orqali to'lanadi. Obuna darhol ochiladi, pul kartangizdan avtomatik yechilmaydi.

Natijalarim saqlanadimi?

Ro'yxatdan o'tsangiz, darslaringiz va ballaringiz hisobingizda saqlanadi. Boshqa telefon yoki kompyuterdan kirib, to'xtagan joyingizdan davom etasiz.

«Maktabga qaytsam, yaxshi o'qirdim…» deganmisiz?

Mana o'sha imkoniyat. Tartibli darslar, o'z tezligingizda. Hech kim baholamaydi, hech kim shoshiltirmaydi.

Birinchi dars: hello, hi, goodbye. 3 daqiqa.